Inson bosh suyaklaridan qurilgan qadimiy minora topildi

Mexiko shahrida arxeologlar asteklar tomonidan qurilgan «Bosh suyaklar minorasi»ning yangi qismlarini topishdi.

Mahalliy hokimiyat xabariga ko’ra, qazilma paytida olimlar 119 kishining qoldiqlarini aniqlashgan.

Minora birinchi marotaba 2015 yildagi qurilish ishlari davomida topilgan bo’lib, arxeologlarning fikriga ko’ra, XV asr oxiri va XVI asr boshlari orasida 3 bosqichda qurilgan.

Taxminlarga qaraganda, minora raqiblarini qo’rqitish uchun o’rnatilgan harbiy yodgorlikning bir qismi bo’lgan.