Rossiyaning Kemerovo viloyatida qora rangdagi qor yog’di. Tabiatning bu anomal hodisasi nafaqat tabiat go’zalligiga putur yetkazadi, balki inson salomatligi uchun ham juda katta zarari bor.

Mahalliy aholining fikricha, buning bariga shaharcha chetidagi ko’mirni boyitish fabrikasi sababchi. Undan chiqayotgan zararli zarralar o’nlab kilometr uzoqlikka tarqalib, aholini ko’mir changini yutishga majbur qilyapti.

“Mashina ustidagi qorni qo’l bilan surib tashlasangiz, qo’lda yog’li bir narsa qoladi”, – deydi mahalliy aholi vakili. – Bolalar bilan toza havo olgani chiqasan-u, qop-qora qorga ko’zing tushadi. Bu ahvolda o’pkalarning holatini bir tasavvur qilib ko’ring-a!”