Xitoydagi hayvonot bog’larining birida sayyoh telefonini hayvonlar yeguligi bilan adashtirib, ayiqqa qarab otdi. O’zicha shu bilan ayiqni boqmoqchi bo’ldi.
Ikki nafar ayiq yerga qattiqqina urilgan narsaning nimaligiga qiziqishgan. Ulardan biri hatto “iPhone”ni og’ziga olib, chaynab bo’lmagach, chiqarib ham tashlagan.
Hayvonot bog’i ishchilari gadjetni olib chiqishganida, u qattiq shikastlangan, ishlamayotgan edi. Xayriyatki, telefon bilan tanishuv ayiqlarga zarar yetkazmadi.
Izohlarni ko`rish