Rossiyada migrantlar soni 2020 yil boshidagiga nisbatan bir necha million kishiga kamaydi. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari boshqarmasi boshlig’i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
«Agar 2019 yildagi raqamlarni oladigan bo’lsak, Rossiya hududiga 17-18 million atrofida migrant kelgan. Bir vaqtning o’zida 10-11 million nafar migrant bo’lgan», – dedi u.
Kazakovaning so’zlariga ko’ra, bugungi kunda Rossiya hududida 7 million nafarga yaqin xorij fuqarolari bor.
Izohlarni ko`rish