O’zbekiston jamoasi Ispaniyaning Barselona shahrida ot sporti bo’yicha o’tadigan millatlar kubogi finaliga yo’llanma oldi.

Longines FEI Jumping musobaqasining final bosqichi 1 oktyabr kuni boshlanadi. O’zbekiston nomidan quyidagi sportchilar ishtirok etadi:

Bahromjon Gaziyev – Metts v.G.;
Umid Komilov – Avelino de Kresta;
Bekzod Qurbonov – Kamiro D;
A’zam Tolibboyev – Klass de Katoki.
Musobaqada qatnashuvchi boshqa davlatlar: Belgiya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh.