Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yil boshidan buyon mamlakatda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 465 ta yangi korxona ochildi.
Rossiyadan keyingi o’rinlarda Turkiya (203 ta korxona) va Xitoy (149) bormoqda.
O’zbekistonda Rossiya biznesi ishtirokida jami 2 705 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Turk investitsiyasi ostida esa 2 050 ta, xitoylik investorlar 2 036 ta kompaniya ishga tushirgan.
Izohlarni ko`rish