37 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu o’zining ijtimoiy tarmoqlarida navbatdagi postini e’lon qildi. U mashg’ulotdan olingan suratni joylashtirdi: “Mashaqqatli mehnat har doim o’z samarasini beradi”.
Angliya Premyer-ligasining dastlabki turida “qizil iblislar” “Old Trafford”da “Brayton”ga sensatsion tarzda mag’lub bo’ldi. Erik ten Xag shogirdlari 1:2 hisobida yutqazib qo’yishdi. O’sha uchrashuvda KriRo zaxiradan maydonga tushdi.
OAVda Ronalduning “Yunayted”ni tark etib, Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o’tish niyati borligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Izohlarni ko`rish