Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi 

Texas shtatida robot qo’l Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi va jiddiy jarohat yetkazdi.

Avtomobilning yangi quyma alyuminiy qismlarini yig’ish va ko’chirishga mo’ljallangan dastgoh ish paytida nosozlikka uchrab, qo’llarini yaqin atrofdagi muhandisga urdi. Erkak qo’li va belidan ochiq jarohatlar olgan, deb yozadi DailyMail.

Bu ilk noxush hodisa emas. 2021 yilda Tesla avtomobillarini ishlab chiqarish zavodida fojiali voqea yuz bergan. Bu haqda endi ma’lum bo’lgan. Nashrning qayd etishicha, 2021 yilda ham, 2022 yilda ham Tesla o’zining yillik hisobotlarida robotlar harakati bilan bog’liq bo’lgan ish joyidagi jarohatlanishlar haqida bildirmagan. Gap shundaki, bu masala alohida nazorat ostida va alohida qayd etilgan, deb xabar beradi nashr.

Bir necha kun avval Ilon Maskning Tesla kompaniyasi 120 mingta elektromobilini sotuvdan qaytarib olgani ma’lum bo’lgan edi. Bunga sabab — baxtsiz hodisa paytida Tesla avtomobillarining eshiklari ochilib ketgan.

BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiAna bo’lmasa! Rimda itlar uchun restoran ochildiKeyingiTermiz shahri va 6 tumanda gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatildi Navbahor Inomjonova O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi  Bu qiziq Ana bo’lmasa! Rimda itlar uchun restoran ochildi Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi  Bu qiziq Safranbolu YuNESKO ro’yxatidagi 29 yilligini nishonlamoqda Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi  Bu qiziq Vladimir Putinning 1990-yillarga oid tashrif qog’ozi kim oshdi savdosida sotildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here

Tavsiya qilamiz Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi  Yurtimizda Toshkentda 48 yoshli ayolga benzin sochib yoqib yuborgan erkak qo’lga olindi Behruz Hayitov — 27.12.2023, 05:03 0