NASA astronavtlari Kristina Kox va Enn Makkleynlar 29 mart kuni ochiq fazoga chiqishadi. Hozirgi kunda kosmik stansiyada Makkleynning faqat o’zi bor. Kox esa amerika-rossiya ekipaji bilan Boyqo’ng’ir kosmodromidan yo’l oladi.

«Soyuz MS-12» kemasining parvozi 14 martga belgilangan. Rossiyalik Aleksey Ovchinin hamda AQSh astronavtlari Nik Xeyg hamda Kristina Koxlar orbitada 204 sutka yashashni rejalashtirishmoqda.

Ovchinin hamda Xeyglar o’tgan yilning oktyabr oyida uchishlari kerak edi. Biroq parvoz halokat tufayli qoldirilgan.