Qurbonlik qilingan qizaloq…

Bu ajoyib topilma 1999 yilda Argentina va Chili chegarasida dengiz sathidan 6739 metr balandlikdagi Lyulyaylyako vulqoni qiyaligidan topilgan.

Ushbu 14-15 yoshli qizchani 500 yillar avval qurbonlik marosimida qurbon qilishgan, shuncha asrlar davomida u olti ming metr balandlikdagi muzliklarda yotgan va bu uning juda yaxshi holatda saqlanib qolishini ta’minlagan. Uning yonidan yana ikki nafar muzlatilgan yosh bola jasadlari ham topilgan: 7 yoshli bolakay va 6 yoshli qizcha. An’anaviy DNK tahlilining o’rniga, olimlar to’qimalardagi oqsillarni tekshirib ko’rdilar va aftidan sog’lom qizda sil kasalligiga o’xshash bakterial o’pka infeksiyasi borligi aniqlandi. Infeksiya birinchi marta mumiyada aniqlangan. Bu uch nafar bola aftidan qurbon qilingan, ularning yonidan oltin, kumush, kiyim-kechaklarning topilganligi bundan guvohlik berib turibdi.