BILASIZMI?..

 

 

Nima uchun aksiramiz?

 

Aksirish — organizmning himoya reaksiyasi. Yot moddalar (chang, achchiq, qo’lansa hidlar va boshq.) burun bo’shlig’idagi shilliq qavatning nerv hujayralariga ta’sir etishi natijasida aksirish sodir bo’ladi.

Ta’sirlovchilar uch shohli nervning burun bo’shlig’idagi tarmog’ining sezuvchi nerv oxirlariga ta’sir etadi. Bunga javoban kishi reflektor tarzda chuqur nafas oladi. So’ngra yumshoq tanglay ko’tarilib, burunning ichki teshigini berkitadi, natijada ko’krak bo’shlig’ida bosim oshib ketadi. Shundan keyin burunning ichki teshigi birdan ochilib, to’planib qolgan havo burun orqali chiqib ketadi. Shilliq qavatni ta’sirlab turgan yot modda ham havo bilan tashqariga chiqadi.

Aksirish ba’zi kasalliklar (gripp, rinit) ning boshlang’ich belgisi bo’lishi ham mumkin.

Aksirishni to’xtatmang!

Aksirganda o’pkadan chiqayotgan havo tezligi sekundiga 4, 5 metr yoki soatiga 16 km tezlikgacha chiqishi isbotlangan. Agar nafas yo’li to’silsa, o’pkadan chiqayotgan havo bosimi Yevstaxiy nayidan qirib, hatto nog’ora pardani perforatsiya qilishi (yirtishi) mumkin.