Qordan masjid qurildi

Tataristonning Buinsk tumanidagi mahalliy aholi o’rtasida qordan orzudagi masjid maketini yasash bo’yicha tanlov o’tkazilmoqda. Bu g’oya bo’sh vaqti ko’p bo’lgan nuroniylar va nafaqadagi keksalar tomonidan, ayniqsa, mamnuniyat bilan qarshi olindi. Cherki-Kuldurazi qishlog’ining imomi boshchiligidagi aholisi birinchilardan bo’lib qatnashish istagini bildirdi.

Birinchi kun ular traktor yordamida maket yasash uchun masjidlarining qarshisiga qor uyushdi. Keyin uning kichraytirilgan nusxasini yasashdi. Tanlovda ishtirok etayoganlarning so’zlariga ko’ra, ularga bunday ijod turi bilan shug’ullanish juda yoqdi, shu sababli qordan masjid maketini yasash ularga zavq bag’ishladi. «Fitrat.uz»ning “Tatar-inform”ga tayanib xabar berishicha, masjid jamoasi o’z namunalari bilan g’olib bo’lishga umid qilmoqda.

 

manba: azon.uz