image0

Ertaga, 3 may kuni AQSHda yashash imkonini beruvchi Green Card dasturi natijalari e’lon qilinadi.

Ertaga, 3 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da AQSHning Xilma-xillik dasturi – ko‘plab mamlakatlar fuqarolariga ushbu davlatga ko‘chib borish imkonini beruvchi Green Card (DV-2026) natijalari chiqadi. Dasturning 2026 yilgi mavsumiga 2024 yil 2 oktyabrdan 7 noyabrigacha arizalar qabul qilingan edi. Unga ariza topshirgan shaxslar dvprogramm.state.go veb-sayti orqali natijalarni bilib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi – AQSH hukumati tomonidan e’lon qilingan “DV Lottery” dasturi har yili dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan minglab odamlarga AQSHga kelib yashash orzusini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Kongress qarori bilan joriy etilgan “Turli millatlarga mansub immigrantlar viza dasturi E-DV” har yili Davlat Departamenti tomonidan boshqariladi. Immigratsiya va fuqarolik aktining (IFA) 203(s) bo‘limi Amerika Qo‘shma Shtatlariga tarixan immigratsiya ko‘rsatkichi past davlatlardan bo‘lgan “turli millatlarga mansub immigrantlar” deb ataluvchi immigrantlar sinfini joriy etadi. Grin-karta odatda 10 yilga beriladi, unga ega bo‘lgandan so‘ng 5 yil o‘tgach, AQSH fuqaroligini olish uchun ariza berish mumkin.