Olimlar chivin o’ziga hujum qilgan odamning qo’l harakati va ter hidini eslab qolish qobiliyatiga egaligini aniqladi. Tadqiqotda chivin chaqishidan qo’rqmaydigan bir necha odam qatnashdi.
Natijada mitti qonso’rarlar ozuqani, ya’ni sizu bizning qonimiz ta’mini farqlashi ma’lum bo’ldi. Ayyor chivinlar odamlarning qonini tatib ko’radi va qoni eng mazali kishini chaqadi. Bundan tashqari, ular kishini qo’l harakatidan va isidan eslab qolishga qodir.
Chivin garchi o’z arzimas ko’rinsa-da insoniyatning ashaddiy kushandasi hisoblanadi. Chivin tarqatadigan bezgak kasali dastidan yiliga 600 ming insonning yostig’i quriydi. Shuning uchun chivinni nima o’ziga tortishi o’rganilmoqda.
Sof.uz
Izohlarni ko`rish