1. Qurbaqaning ko’rish qobiliyati tengsizdir. U bir vaqtning o’zida ham yuqoriga, ham ikki yoni va oldinga qaray oladi.
2. Fil yuragi 30 kilogrammgacha vaznga ega. Bu qadar katta hajmdaligi bois bu yurak daqiqasiga 30 martadan uradi xolos.
3. Dunyodagi eng yirik qo’ng’izga «Titan» deb laqab qo’yishgan. Bu qo’ng’izning hajmi 17 santimetrni tashkil etadi.
4. Choy o’simligi dunyoda eng serdaromad hisoblanadi. U yuz yilga qadar ham o’sishda, ham hosil berishda davom etadi.
5. Qadimda katoliklarga shokolad iste’mol qilish taqiqlangan. Shokolad iste’mol qilgan odam jodugarlikda ayblanib, qatl etilgan.
6. Qadimiy Misr hamda Rimda asal valyuta vazifasini ham o’tagan. Agar kimgadir yo’l qo’ygan xatosi uchun katta miqdorda jarima belgilansa, jarimani u yo qoramol, yoki asal bilan ham to’lashi mumkin bo’lgan.
7. Kuba sobiq rahbari Fidel Kastroga faoliyati davomida jami 638 marotaba suiqasd uyushtirishgan. Ko’p hollarda dushmanlari sigara ichiga zahar solib, yoki beysbol koptogiga bomba joylash orqali joniga qasd qilishgan. Kastro suiqasdlarning barchasidan eson-omon o’ta olgan. Shuning uchun Fidel Kastroning nomi Ginnes rekordlar kitobi sahifasiga kiritilgan.
8. Atirgulning «Xameleon» deb nom olgan g’alatomuz turi Yaponiyada yetishtiriladi. Bu atirgul rangi ertalab och qizil, kechqurun esa oq tusga kiradi.
9. Gugurt ishlab chiqarish uchun fosfordan unumli foydalanishadi.
10. 18- asrda isitmani o’lchashda ishlatiladigan termometrga simob emas, konyak quyishgan.
100-faktov. ru
Olimjon Hayit tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit