Qizlarga qanday yigitlar yoqadi?

Biz aniq bilamizki, barcha erkaklar turlichadir. Qizlarga yoqib qolish istagi biz yigitlarda tabiatan mavjuddir. Qizlar yigitlarga qaraganda nimani his qilashadi? Qanday yigitlar qizlarga yoqadi?

Qizlarga qanday yigitlar yoqadi?

Turmush o’rtoq tanlash vaqtida qizlarga erkakdagi qaysi sifatlar asosiy hisoblanadi? Albatta hammani qarashlari turli xil, ammo bir nechta asoslar borki, ular hammaga yoqib qoladi. Ko’pchilik qizlarda ” haqiqiy erkak ” degan tushuncha bor: Ushbu ibora o’ziga ko’p sifatlar jamlaydi.

Qizlarga qanday yigitlar yoqadi?

Qizlar doimo kuchli, muloyim va oliyjanob erkakni ko’proq qadrlashadi. Hazilkashlik, ham albatta muhim mezon! Xursand bo’lish va kulib yurishni hamma yaxshi ko’radi. Erkakning romantikligi har davrda qizlarni o’ziga tortadi. O’z sevgilisi uchun aql bovar qilmas harakatlar har qanday qizning nigohini o’ziga qaratadi va yana ayollar quloqlari bilan sevishadi deb aytishadi. Chiroyli gapirishni biladigan erkak doimo ayolning yuragiga yo’l topadi. Ko’p marotaba uylangan va ajrashgan erkaklardan esa, aksincha qizlar o’zlarini olib qochadilar.

 

Erkak faqat bir ayolga sodiq bo’lishi, erkak kishining eng muhim sifatlaridan biridir. Shuningdek, o’z sevgisiga yolg’on aralashtirmaslik, yig’it va qiz o’rtasidagi ishonch poydevori hisoblanadi. Moddiy status albatta muhim, biroq undan muhimrog’i bu – sahiylikdir. Chunki eng boy inson ham ziqna bo’lib chiqishi mumkin. Oddiy inson esa qanday bo’lmasin, o’z sevgilisini xursand qilish uchun yo’l topadi.