Bizning davrimizda Koka-kola va Pepsi ichimliklari juda keng tarqalgan. Bu dunyo miqyosida tanilgan ichimliklar jahon bozorida bir necha o’n yillardan beri raqibatlashib kelayotgan korporatsiyalarning mahsulotidir. Bu bir-biriga o’xshash bu ichimliklarning farqi nimada, ularning ta’midan farqlash mumkinmi? Avvaliga biroz tarixga nazar tashlaylik
Avvaliga ikklala brendli bu ichimliklar bir-biridan anchagina farq qilar edi. Koka-kola ichimligi 1886 yilda kashf etildi. Bu tomoq og’rig’ini tuzatishga mo’ljallangan shifobaxsh ichimlik edi. Uning tarkibi Koka barglari kirar edi (keyinchalik undan kokain moddasi olinadi).
Pepsi esa ancha keyin -1893 yilda paydo bo’ldi. U asosan oddiy do’konlarda sotildi va shu narsa uning keyinchalik kasodga uchrashiga sabab bo’ldi.
1903 yilda kokain giyohvand modda deb qabul qilindi va ichimlik ishlab chiqarilishida qo’llanishi taqiqlandi. Bu ketishda kompaniya kasodga uchrashi tayin edi, ammo savdo hajmi kundan-kunga ortib boraverdi. Ana shu paytda ikkala ichimlikning tarkibi deyarli bir xil bo’ldi. Ishlab chiqarilgandan beri Pepsi logotipi 10 marta o’zgartirildi. Ehtimol ana shu narsa uning yo’q bo’lib ketmasligi hamda savdo hajmining ko’payishiga yordam bergan bo’lishi mumkinb. 1923 yilda kompaniya OAV ga ichimlikning maxfiy tarkibiy qismi haqida ma’lumot beradi. Koka-kola esa aksincha. Uning logotipi 1900 yildan beri deyarli o’zgarmagan, tarkibiy qismi esa “mutlaqo maxfiy” muxri ostida saqlanadi.
Dunyo brendlaridan tashqari kompaniyalar boshqa taniqli ichimliklarni ham ishlab chiqaradilar. Masalan: Sprayt, Fanta, Shveps, Lipton va Mirinda.
Ularning farqi nimada?
Yuqorida aytib o’tkanimizdek, ikkala ichimlikning tarkibi deyarli bir xil. Bu suv, shakar, tabiiy karamel, oz miqdorda kofein va o’zgacha ta’m beruvchi maxfiy ingredientlar. Bundan tashqari ular rangi, hidi va mazasi bilan o’xshashdirlar. Biroq ba’zi ichimlik ixlosmandlari ular orasidagi farqni sezadilar.
Ta’m va hid. Kolada shirin mazasi kamroq va o’tkir mevali hid yo’q. Pepsining esa shirasi ko’proq va unda nozik meva iforini his qilish mumkin.
Kofein. Koka-kolada u kamroq.
Shakar. Pesida Kolaga qaraganda shakar ko’proq.
Hid. Koladan vanilning yengil ta’mi, Pepsidan esa sitruslarning ifori kelib turadi.
Hissiyot. Kola og’izda ko’proq vishillaydi va tilni achishtiradi, Pepsi esa yengilroq ichiladi.
Mazasidagi farqdan qat’iy nazar ikkala ichimlik ham birdek sevib iste’mol qilinadi. Yoqimli ishtaha!