Qiziqarli genetika

#GENETIKA

 

1. Intellekt otadan o’g’ilga o’tmaydi. Ya’ni, agar siz daho bo’lsangiz, unda sizning o’g’lingiz 100% genlaringizni meros qilib olmaydi.

 

2. Idiotizm otadan o’g’ilga o’tmaydi. Agar siz mutlaqo qobiliyatsiz bo’lsangiz, unda o’g’lingiz siz bilan bir xil ahmoq bo’lmaydi(bu bilan sizni tabriklaymiz).

 

3. Intellekt faqat otadan qizga o’tishi mumkin. Va faqatgina yarim qismigina o’tadi xolos (sizning intelektingiz 88% bo’lsa shuning 50% i o’tadi).

 

4. Intellektni erkak faqat o’z onasidan meros qilib olishi mumkin, ona esa o’z navbatida otasidan meros qilib olgan bo’ladi.

 

5. Dohiyning qizi otasi kabi yarim-aqlli bo’ladi, ammo o’g’li daho bo’ladi. Agar uning otasi axmoq bo’lsa, unda qizi otasiga qaraganda yarim axmoq bo’ladi.

 

6. Shu uchun ham 100% ahmoq ayollar yo’q bo’lganidek doxiy ayollar ham deyarli yo’q. Ammo erkak daholar va ahmoq erkaklar juda ko’p. Shu yerdan omadsiz-alkashlar, yolg’iz-onalar avlodlari, shuningdek, Nobel mukofoti laureatlari (deyarli barcha erkaklar) yetishib chiqadi.

 

Erkaklar uchun xulosalar:

 

1. O’g’lingizning aqliy qobiliyatlarini taxmin qilishingiz uchun, xotiningizning otasiga qarang (agar u akademik bo’lsa, o’g’lingiz ham aqlli bo’ladi).

 

2. Sizning qizingiz aqlingizning yarmini oladi. Ammo sizning axmoqligingizni ham yarmini oladi. Intellekt tarafdan u sizga yaqinroq bo’ladi. Uning o’g’li sizning barcha aqliy qobiliyatingizni oladi. Aqlli avlod istasangiz – qiz farzand orzu qiling.

 

3. Sizning aqliy qobiliyatlaringiz onangizdan, aniqrog’i bobongizdan o’tgan.

 

Ayollar uchun xulosalar:

 

1. O’g’lingiz aql tarafdan – otangizning nusxasidir va uni «sen otang kabi ahmoqsan» deb haqorat qilishingiz umuman to’g’ri emas.

 

2. Qizingizning tarbiyasi sizniki kabi bo’ladi, lekin aqli bo’yicha otasiga tortadi. Uning o’g’illari esa sizning eringizning aqliy nusxalari bo’ladi.