“Mening tatuirovkam yo'q, chunki ular bilan qon topshira olmaysiz“

Krishtianu Ronaldu

Krishtianu Ronaldu o’zining tashqi ko’rinishiga aloxida e’tibor karatishini xamma biladi. U futbolga qaraganda ko’proq o’z imidjiga vaqt ajratadi degan fikr xam bor. Uning tanasida bitta xam tatuirovka yo’qligi ajablanarli. Ammo, buning izohi bor – Krishtianu faol qon donorlaridan xisoblanadi.

2008 yilda u hatto “Qizil Xoch“ kampaniyasining yuziga aylandi va “Mening tatuirovkam yo’q, chunki ular bilan qon topshira olmaysiz“ shiori ostida jamoat xizmatining reklamasida qatnashgan.