Qirg’izistonda O’zbekiston bilan hamkorlikda qo’shma avtomobil zavodi ishga tushiriladi.
Qirg’iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o’rinbosari Aynura Usenbekovaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, qurilish ishlari aprelda boshlanadi, iyulgacha zavod ishga tushadi.
Uning so’zlariga ko’ra, 19 ta modelni ishlab chiqarishga ruxsat berilgan va birinchi ishlab chiqariladigan mashina Cobalt bo’ladi.
“Birinchi bosqichda 3 yil ichida 10 ming, ikkinchi bosqichda 20 ming, uchinchi bosqichda 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan”, — dedi u.
Izohlarni ko`rish