Garvard unversitetida o'qish qancha turadi?

Garvard universiteti AQShning eng taniqli va eng qadimgi universitetlaridan biri bo’lib, uning bitiruvchilari butun dunyoning siyosiy va ilmiy elitasi vakillariga aylanishadi. Universitet AQShning Massachusets shtatida, Kembrij nomli ilmiy shaharchada joylashgan. Garvard o’zining elitarligi va yuqori ta’lim standartlari bilan mashhur.

Unda o’qish narxlari quyidagicha (yillik):
— O’qish – $47 730;
— Yig’imlar – $4195;
— Yashash – $10 927;
— Komisiya yig’imi – $6755.

O’rtacha summa yiliga $69 607 ekan, bundan tashqari boshqa xarajatlarini inobatga olganda bitta talaba imtiyozlar (ta’lim grantlari)ni qo’shmagan holda o’rtacha yiliga $73 ming dan $79 ming gacha sarflaydi.