Bir vaqtning o’zida bir oiladagi barcha aka-ukalarga turmushga chiqadigan tibet ayollari haqida qiziqarli ma’lumot
Dunyoda monogam degan tushuncha bor. Odatda erkaklar bir nechta ayollarni xohlashadi. Yevropa va AQShda erkaklar o’z ayollarini tez-tez almashtirb turadi. Ko’pgina islomiy davlatlarda esa bir nechta xotinlikka ruxsat etilgan.
Tibetdagi qadimgi polyandriya an’anasi bor va bu an’ana ba’zi qarashlarimizni butunlay parchalab tashlaydi.
Biror uyga kelin bo’lib tushadigan qiz bir vaqtning o’zida oiladagi barcha aka-ukalarning mulki, ya’ni xotini hisoblanadi. Bu ayolga oiladagi barcha erkaklar egalik qiladi.
Bu odat biz uchun shu darajada daxshatliki, hatto, bu masalada o’ylashga qo’rqasiz. Ammo Tibetning ba’zi urug’larida ushbu noodatiy munosabatlar moliyaviy farovonlikning kafolati hisoblanadi, chunki oilaning mulki avloddan avlodga ko’payadi deb bilishadi va bu ular uchun normal holatdir.
Katta aka xotin tanlaydi, hamma shu qizga uylanadi
O’rnatilgan an’anaga ko’ra, oiladagi to’ng’ich o’g’li xotin tanlaydi, kichik ukalari esa uni «qabul» qiladi. Albatta, bu yerda ko’p erlari bo’lish muvaffaqiyat deb hisoblanadi, chunki bu oila boy bo’lishini anglatadi. Agar erkak biron sababga ko’ra boshqa bir ayolga uylanmoqchi bo’lsa va o’z hayotini «radnoy» rafiqasi bilan bog’lamasligi kerak bo’lsa, u holda u shaxsiy mulkidan ajralib, oilaga tegishli ekanligini da’vo qilmasligi kerak bo’ladi.
Ayollar mamnun
Ayollarga kelsak, ular ushbu munosabatlar borligidan juda mamnun. Xotin erlarning har biriga nisbatan turli xil his-tuyg’ularga ega, ammo hammani bir xil tarzda “rozi” qilishga harakat qiladi. Erkaklar oila farovonligi uchun qanchalik g’ayrat bilan ishlasalar, shunchalik «sevikli» maqomiga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Agar er umumiy manfaat haqida qayg’urmasa, xotin uni hatto uydan haydab yuborishi ham mumkin.
Oilaviy «burch» ga kelsak, bu yerda ko’pincha hamma narsa sevgidan kelib chiqadi: xotin har bir aka-uka bilan vaqt o’tkazadi, lekin ko’pincha kim uchun eng sevikli ekanligini tanlashi mumkin. Oilada tug’ilgan bolalar umumiy kuchlar tomonidan tarbiyalanadilar, ammo katta akalar ular uchun ota deb hisoblanadilar. Kichik birodarlar yashirin xotinlarni (aslida, bekalarni) topishlari mumkin bo’lgan holatlar mavjud, ammo ulardan tug’ilgan bolalar hech qanday huquqlarga ega emaslar.
Tibetda qizlar o’zlarining bir nechta erlik muhabbat qissalari bilan faxrlanishadi. Erlari ularga ko’pincha maxsus tanga berishadi, ularning marjonlari yosh xonimning muvaffaqiyat o’lchovi hisoblanadi. Tangalar qancha ko’p bo’lsa, kelinga shunchalik havas qilinadi.
Xullas, qancha eri ko’p bo’lsa shuncha “avtoritet” ayol bo’lar ekan!
Tovba…
Manba: etnosuz