Amerikalik dietologlar bir finjon qahva ichish uchun eng yaxshi vaqt qaysiligini ma’lum qildi. Ularning tavsiyasi She Finds saytida e’lon qilingan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, kofein nafaqat tetiklik baxsh etadi, balki tinch holatda yog’lar erishini yengillashtirib, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Kristina Taul ismli amerikalik dietolog shifokor ertalab uyg’ongandan so’ng limon sharbati qo’shilgan bir stakan suv ichishni, oradan yarim soat o’tgach esa nonushta bilan bir finjon qahva ichishni tavsiya qiladi. Uning so’zlariga ko’ra, limonli suv oshqozonda to’g’ri ishqorli muhitni hosil qiladi, 30 daqiqadan keyin ichilgan qahva esa ishtahani pasaytiradi, bu esa ertalabki nonushtani qattiq ochlikni his qilmagan holda tanovul qilish imkonini beradi.
Liza Richards ismi dietolog ham hamkasbining so’zlarini tasdiqlagan.
«Nonushtadagi qahva ortiqcha ovqatlanmaslikka yordam beradi. Erta tongdan aksariyat insonlar ko’proq nonushta qilishni xohlaydi», — deydi Richards.
Ta’kidlanishicha, bu borada shakarsiz qora qahva ichish maqsadga muvofiq. «Siz normal yegulikdagi foydali elementlar bilan birga kaloriya olishingiz kerak, shirin qahva esa — bu shunchaki foydasiz kaloriyadir», — deya ta’kidlagan u. Bundan tashqari, dietologlar qahvadan ishtahani bug’ishda foydalanmaslikni, muntazam va muvozanatli ovqatlanishni maslahat beradi.
Avvalroq och qoringa qahva ichish asabiylikni oshirishi va diqqatni ishga qaratish qobiliyatini pasaytirishi mumkinligi aniqlangan edi.