ILON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

 

1. Ilon boshqa jonzotlardan tanasi uzunligi, tashqarida eshitish a’zolari, oyoq-qo’llari yo’qligi bilan farqlanadi.

2. Taxminlarga ko’ra, ilon 135-65 million yil oldin echkemarlardan tarqagan.

3. Hozirgi paytda fanga ilonlarning uch mingta turi ma’lum.

4. Zaharsiz ilon o’ljasini yo butunligicha yutadi, yoki oldin o’ldirib, keyin yeydi.

5. Zaharli ilonlar zahridan birinchi navbatda ov qilish uchun foydalanadi. Ayrim ilonlarning zahri shu qadar kuchliki, odamni bir lahzada o’ldira oladi.

6. Ilon tishlari o’ljasini tutib turish uchun mo’ljallangan. Ular o’ljani mayda bo’laklarga bo’la olmaydi. Shuning uchun ilon o’ljasini butunligicha yutadi.

7. Burni bor ilon undan faqat nafas olish uchun foydalanadi. Hidni esa tillari yordamida aniqlaydi.

8. Eng yirik ilonlar 200 kilogramm atrofida vaznga ega. Ularning o’ljasi esa 40 kilogrammdan oshmaydi.

9. Ilon o’ljani bo’g’ish uchun kam kuchga ega. Shuning uchun o’lja uning vaznidan 5-6 barobar kam vaznga ega bo’lishi lozim.

10. Eng uzun ilon 1912 yili Indoneziyaning Selebes orolida otib o’ldirilgan. Uning uzunligi 10 metrga teng edi.

11. Eng tez harakatlanadigan ilon turi Sharqiy Afrikada yashaydi. U qora mamba deb atalib, soatiga 16-19 kilometr tezlikda harakatlanadi.

12. Dunyodagi eng keksa ilon sifatida Amerikaning Pensilvaniya shtatiga qarashli Filadelfiya hayvonot bog’ida yashagan Popeyya laqabli ilon e’tirof etiladi. U 40 yil, 3 oy, 14 kun umr ko’rgan. 1977 yil 15 aprel kuni olamdan o’tgan.

13. Eng yirik ilon anakonda hisoblanadi. Bu ilonning uzunligi 5-7 metrga yetadi. Vazni 200 kilogrammdan oshadi. Anakonda Venesuela, Boliviya, Ekvadorda ko’p uchraydi.

14. Zahri eng kuchli ilon taypandir. Uning bir tomchi zahri odamni bir lahzadayoq o’ldiradi. Taypan zahri kobranikidan ellik hissa kuchliroqdir.

15. Ilon zahri maxsus temir moddasi yordamida ko’zi orqasida ishlab chiqariladi. Zahar oqsil, aminokislota, moy kislotasi va fermentlardan tashkil topgan.

16. Turidan qat’i nazar ilonlar o’rtacha 4-30 yil atrofida umr ko’radi.

Olimjon HAYIT tayyorladi