Pluton Quyosh tizimida topilgan so’nggi super vulqonning “vatani” bo’lishi mumkin.
Olimlar Kiladze krateri deb nomlangan geologik tuzilmani tasvirlab berishdi va uning paydo bo’lish sababini aytishdi.
Muzli vulqon muzli “lava”ni yuzaga chiqaradi. Bunday hodisalar Yupiter, Saturn, Uran va Neptunning ba’zi tabiiy yo’ldoshlarida qayd etilgan.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Pluton kriovulkanizm uchun qulay sharoitlarga ega. 2015 yilda mitti sayyorani aylanib chiqqan “New Horizons” zondi uning yuzasi tasvirlarini uzatdi va olimlar bir necha ehtimoliy kriovulqon mintaqalarini aniqlashdi. Plutondagi Kiladze krateriga alohida e’tibor qaratildi.
Spektroskopiya yordamida olimlar krater atrofida suv muzi tarqalganligini aniqlashdi. Bu juda g’alati, chunki Pluton yuzasi asosan metan va azotli muz bilan qoplangan.
Suv muzida ammiak ham bor edi. Tadqiqotchilar suv va ammiak aralashmasini qandaydir kuch sayyoraning ichki qismidan yuzaga chiqargan degan xulosaga kelishdi. Ehtimol, bu kuch kriovulqon bilan bog’liqdir. Yadro ichidagi elementlarning radioaktiv parchalanishi sayyoraning osti qatlamini isitadi va uni yuzaga chiqaradi. Ammiak suvning muzlash haroratini pasaytiradi, bu uning kriovulqon tizimlarida muzli “magma” sifatida oqishiga imkon beradi.