Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko'chirish xizmati ishga tushirildi

Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini ko’chirish xizmati ishga tushirildi.

Bu nima degani? Endi siz xizmat ko’rsatish sifatiga qarab mobil aloqa operatorlaridan istalgan birini tanlashingiz mumkin.

Bu jarayonda siz boshqa operatorga ko’chganda o’z abonent raqamingizni saqlab qolishingiz mumkin.

Bu hozircha mobil aloqa operatori ofisida, yangi sim karta olish orqali amalga oshiriladi.

Kelgusida onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali abonent raqamini ko’chirish mumkin bo’ladi.