Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar

Agarda siz o’z shahringizdan charchagan bo’lsangiz yoki zeriksangiz, boshqa joylarga borib ko’rishni maslahat beramiz. Dunyoda shunday joylar ham borki, u yerda yashaganingizga sizga pul ham to’lashadi.

Alyaska

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Siz qorong’u sovuq qishni hamda cheksiz muz bilan qoplangan kengliklarni yaxshi ko’rasizmi? Unda Alyaskaga boring. Alyaskaning har bir aholisiga yoshidan qat’iy nazar u yerda yashayotgani uchun 2000 dollar pul beriladi. Agarda siz muzli tog’lar, aysberglar va qishki baliq ovining shaydosi bo’lsangiz, bu aynan siz uchun.

Nyu-Xeyven, Konnektikut

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Nyu-Xeyven – bu shaharga qiziqishni ko’paytirish uchun qaratilgan dastur. Bu yerga kelib, ilk bor uy xarid qilayotgan odamga 10 ming dollar pul qarzga foizsiz beriladi. Agar siz bu uyda besh yildan ortiq yashasangiz, qarz butunlay yopib yuboriladi.

Baltimor, Merilend

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Bu xavfliligi bo’yicha Amerikada yettinchi o’rinda turuvchi shahar. U juda o’zgarishni xohlaydi, shuning uchun bu yerga yashash uchun kelgan har qanday odamga uy xaridi uchun 5 ming dollar pul ajratiladi.

Detroyd, Michigan

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Detroyddagi ahvol yaxshi emasligi ko’pchilikka ma’lum. Maxsus tuzilgan dastur odamlarni shahar markaziga jalb qilish uchun tuzilgan. Bu rayonda yashash uchun uy sotib olishni istaganlarga 20 ming dollar pul ajratiladi. Hattoki ijarada turuvchilarga ham birinchi yili 2500 dollar, keying yillarda esa 1000 dollardan kompensatsiya puli to’lanadi.

Kanzasning katta qismi

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Agar Kanzasga ko’chib o’tishga qaror qilsangiz, sizga pul to’lashadi. Sizga bepul yer berishadi. Bundan tashqari sizni 5 yil soliqdan ozod qilishib, oliygohlardagi ta’lim uchun 15 ming dollar ham ajratiladi.

Nyu-Richlend va Xarmoni, Minnesota

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Agarda sizga bepul yer g’oyasi yoqsa hamda sovuq havoga ham qarshi bo’lmasangiz, unda siz Minnesotaga tashrif buyurishingiz mumkin. U yerda bir yil ichida uy qirish sharti bilan sizga yer tortiq qilinadi. Harmonida esa uyni ko’tarib olishingiz uchun 5-12 ming dollargacha pul berishadi.

Matsayker oroli, Tamaniya

Ko'chib kelib yashashingiz uchun sizga pul to'lashga tayyor joylar
Agarda AQSh va Kanada sizga to’g’ri kelmasa, Tasmaniyaga nima deysiz? Tasmaniya sohilbo’yidagi Matsayker orolida odamlarni ish va uy bilan ta’minlaydilar. Mayoqda ishlaydigan, meteriologik ma’lumotlarni yetkazib turadigan, yerning holati va qurilmalarni nazorat qilish uchun oilasi bilan kelib ishlovchilarga talab bor. Dunyoning bir chekkasida, turli xil shahar shovqinlaridan chetda, tabiyat qo’ynidagi sohilbo’yida yashash – bu ko’pchilikning orzusi emasmi?