Pekinning 4 ta davlat bilan tuzgan yangi shartnomasi – yuan dollar o’rnini egallaydi.
🔺Fox News telekanali Xitoy Eron, Hindiston, Saudiya Arabistoni va Rossiya bilan tuzilgan savdo bitimi dollarga «o’lim zarbasini» bera olishi haqida xabar berdi.
🔺E’longa ko’ra, Xitoy endi bu davlatlar bilan savdoni yuan orqali amalga oshiradi.
🔺Boshqa tomondan, Pekin va Ar-Riyod o’rtasidagi munosabatlar kengaygach, Saudiya Arabistoni hukumati Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga kirishni ma’qulladi.
Bu davlatlar kelishuvlaridan dollarning olib tashlanishi, shuningdek, saudiyaliklarning Xitoy bilan yaqinlashishi Vashingtonning mintaqadagi roli zaiflashganidan dalolatdir.
🔺Strategik xatoga yo’l qo’yib, Tayvan ishlariga aralashgan amerikaliklar Rossiya va Xitoyni mintaqaviy tenglamalardan chiqarib tashlagan holda, Yaqin Sharqda o’z nazoratini kuchaytirishni maqsad qilgan. Ammo buning aksi yuz berdi va AQShga qarshi kuchli koalitsiya tuzildi.