Neymar onlayn kazinoda 1 million yevro yutqazdi

Mashhur braziliyalik, PSJ klubi hujumchisi, pokerga bo’lgan muhabbati bilan tanilgan Neymar 29 mart kuni onlayn-kazinoda o’ynab, 1 million yevro yutqazdi, deb xabar beradi championat.com.

Jarohat olib, mavsum oxirigacha dam oladigan 31 yoshli futbolchi ikki soat davom etgan qimor o’yinida 1 million yevrodan ko’proq pul yo’qotdi.

Neymar tez-tez poker turnirlarida qatnashadi va bu karta o’yinidagi ko’plab tadbirlarning qiyofasi sifatida ham ko’riladi.

Joriy mavsumdagi 29 uchrashuvda Neymar 18 ta gol urdi va 17 golga assistentlik qildi. Hujumchi va PSJ o’rtasidagi shartnoma 2025 yilda yakuniga yetadi.