Biz kasalxonalardagi o’likxona (morg) vrachlari haqida eshitganda, etimiz uvishadi, seskanib ketamiz. Patologanatom deb ataluvchi bu shaxslarni xuddi jallodga o’xshatamiz. Aslida-chi? Nahotki, ular shu qadar qo’rqinchli va vahshiy odamlar bo’lishsa?..
Yo’q, aslida unday emas. Murda bilan sud-tibbiy ekspertiza xodimi shug’ullanadi. Patologanatom esa murdaning ayrim qismlari bilan shug’ullanadi. Aniqroq aytganda, u biopsiya bilan band bo’ladi. O’likxona vrachi murdaning qaeri xastalangan bo’lsa, o’sha qismi ustida izlanishlar olib boradi. Hatto, o’sha qismini kesmaydi. Kesish amalini jarroh ado etadi. Umuman aytganda, patologanatom murda bilan 10 foiz vaqtini o’tkazadi. 70 foiz vaqti biopsiyaga va qolgan 20 foiz vaqti qog’ozbozlik, hujjatlashtirishga sarflanadi. Ayrim holatlarda bemorning o’limi sabablarini aniqlashda qiyinchiliklar ko’zga tashlansa, shundagina pataloganatom kesish ishlarini olib borishi mumkin. Ammo bunday vaziyatlar hayotda juda kam uchraydi.