Turkiyaning Kaz tog’larining janubida joylashgan Gure shifobaxsh suvlarining inson sog’lig’i uchun foydali xususiyatlarini sanab sanog’iga yetolmaysiz.
Qadimgi Yunon sivilizatsiyasidan to hozirgi kungacha sog’liqni saqlash maqsadida foydalanilayotgan ushbu shifobaxsh suvlar o’zining radioaktiv xossalari bilan mashhur hisoblanadi.
Gure issiq buloqlarining 64 daraja issiqlikdagi shifobaxsh suvi revmatizm, ginekologik kasalliklar, teri kasalliklari, bo’g’im kasalliklari, psoriaz, bo’qoq, buyrakdagi tosh va qum kasalliklari hamda jigar kasalliklarini davolash xususiyatga ega.
U yerga borish transportda borish va joylashish oson va qulay. Gure issiq buloqlari Balikesir viloyatining g’arbiy qismida, Egey dengizi sohilidagi Edremit tumanida joylashgan.
Edremit Balikesir viloyatining ikkinchi yirik tumani bo’lib, zaytun yetishtirish va Kaz tog’lari bilan mashhur. Ichki turizmning muhim markazlaridan biri bo’lgan Oltinoluk, Akchay va shifobaxsh suvlari bilan mashhur Gure issiq buloqlari shu tumanda joylashgan.
Olimlarning tahlil natijalariga ko’ra, buloq suvi tarkibida kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir va alyuminiy kabi bir qator foydali elementlarning mavjudligi aniqlangan. O’rtacha 10 kunlik termal muolaja uchun mo’ljallangan Gure issiq buloq suvlari;
– Surunkali revmatizm kasalliklari
– Teri kasalliklari
– bo’qoq
– kalsifikatsiya natijasida yuzaga keladigan bo’g’im kasalliklari
– psoriaz
– buyrak-tosh kasalliklari va jigar kasalliklarini samarali davolashda yordam beradi.
Gure termal buloqlaridagi mehmonxonalar va kundalik termal muassasalariga yil davomida insonlar ushbu kasalliklarga davo topish maqsadida tashrif buyurishadi. Gure issiq buloqlari shifobaxsh suvlaridan tashqari, toza havosi bilan ham mashhur. Kaz tog’larining kislorod bilan to’yingan havosi astma bilan og’rigan bemorlar uchun juda foydalidir. Gure issiq buloqlari go’zal va hushhavo tabiati va shifobaxsh termal suvlari bilan inson salomatligini tiklashga katta hissa qo’shadi.
Gurening ramziga aylangan shifobaxsh issiq buloqlar va termal inshootlar so’nggi yillarda sog’lomlashtirish turizmi bo’yicha sayyohlar eng ko’p tashrif buyuradigan maskanlaridan biriga aylanib ulgurdi.