Erkaklar ayollarga nisbatan kamroq umr ko’rishining asosiy sababi – ularning o’z salomatligiga befarq munosabatda bo’lishida. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) «Farq – sog’liqni saqlashga bo’lgan munosabatda. Erkaklar va ayollar bir xil kasallikka chalinganda, erkaklar ayollarga nisbatan kamroq shifokorga murojaat qiladi», – deyiladi hisobotda.
JSSTda ta’kidlanishicha, Yer yuzida eng keng tarqalgan 40 kasallikdan 33 tasi ayollarga qaraganda ko’proq erkaklarning hayot davomiyligiga salbiy ta’sir ko’rsatar ekan.
Bundan tashqari:
Erkaklar ayollarga nisbatan ko’proq o’z joniga qasd qilishi ma’lum qilingan: o’z joniga qasd qilgan erkaklar ulushi ayollarga nisbatan 75 foizga ko’p.
Yo’llardagi o’lim holati bo’yicha ham erkaklar ko’rsatkichi ayollarnikidan ikki karra ustun.
Qotillik natijasidagi o’lim holatlari bo’yicha esa 4 baravar yuqori.