«Barselona»ning sobiq himoyachisi Rafael Markes jamoaga kataloniyaliklar o’rinbosarlari murabbiyi sifatida qaytdi.
43 yoshli meksikalik futbolchi klub bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. U 15 iyuldan ish boshlaydi.
Bu postda Markes Serxi Barxuanani almashtirdi. Ilgari Kataloniya o’rinbosarlari «Barselona B» deb atalardi – endi uning nomi «Barselona Atletik».
Rafael Markes 2003-2010 yillarda «Barselona»da o’ynagan. Jamoa tarkibida u to’rt karra Ispaniya chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g’olibiga aylandi.
Izohlarni ko`rish