Islom madaniyatining mushtarak tomini badiiy faoliyat bilan mustahkamlash, islom san’ati bilan ishtiyoqli iste’dod egalariga yetib borish maqsadida to’qqiz yildan buyon davom etib kelayotgan “Xattotlik asarlari” ko’rgazmasi O’zbekistonda bo’lib o’tdi. Islom madaniyatlari boyliklari bilan bezatilgan O’zbekistonda xattotlik ixlosmandlarini jamlagan ko’rgazma 12-23 sentyabr kunlari Toshkent san’at galereyasida o’z ishtirokchilarini kutib qoladi.
Xattotlik ko’rgazmasi, Islom madaniyatining izlari
Turkiya chegarasidan tashqariga chiqqan Albayrak guruhi tomonidan tashkil qilingan xattotlik asarlari ko’rgazmasi TIKA bilan hamkorlikda O’zbekistonda mehmon bo’lmoqda. 12-23 sentyabr kunlari Toshkent san’at galereyasida namoyish etiladigan asarlar xattotlikka qiziquvchi san’at ixlosmandlarini birlashtiradi. Islom birligining ramzi sifatida ham ajralib turadigan ko’rgazma Islom madaniyatining boyligi va birligiga urg’u beradi. 12 sentyabr kuni bo’lib o’tgan ko’rgazmaning ochilishida Turkiyaning O’zbekistondagi elchisi janob Olgan Bekar, O’zbekiston Madaniyat vaziri maslahatchisi Shavkatjon Zokirjonovich, O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Herzodxon Qudratxo’ja, TIKAning O’zbekistondagi vakolotxonasi koordinatori Ali Riza Tezjan, xattot o’zbek rassomi Habibulla Solih, Albayrak Media savdo marketingi bosh direktori Adullah Hanonu, Albil axborot texnologiyalari koordinatori Erdal Nalbant, Albayrak korporativ kommunikatsiyalar koordinatori Esad Sivri ishtirok etdi.
O’zbekistonlik san’at ixlosmandlari e’tiborini xattotlikning eng muhim namunalari bilan islom san’atining boy merosiga qaratish imkonini beruvchi ko’rgazma ikki davlat o’rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.