Nobel mukofoti miqdori bir million shved kroniga oshirildi. Bu yil mukofot to’lovlari 11 million kron etib belgilandi. Bu taxminan 984 ming dollarni tashkil etadi. Nobel jamg’armasi veb-saytidagi xabarga ko’ra, har bir laureat bu miqdorda mukofot puli oladi.
2022 yil oxirida Nobel jamg’armasining investitsiya qilingan kapitalining bozor qiymati taxminan 5,8 milliard kronni tashkil etdi.
2023 yilgi sovrindorlar 2 oktyabrdan e’lon qilinadi. Nobel haftaligi an’anaviy tarzda Stokgolm va Osloda bo’lib o’tadi va 9 oktyabr kuni yakunlanadi.
Izohlarni ko`rish