Hozirda O’zbekistonda mobil telefondan foydalanuvchilarning soni 22 million 800 mingdan oshdi.
Ma’lum bo’lishicha, so’nggi yillarda mobil aloqadan foydalanuvchilarning soni 1 million 400 mingga (o’sish 7%) ortgan hamda bu sohada izchil islohotlar olib borilgan, deb yozmoqda UzNews.
Agar 2013-2016 yillarda mobil aloqadan foydalanuvchilarning soni deyarli o’zgarmagan, bu borada foydalanuvchilarning soni deyarli oshmagan. 2016 yilda esa o’sish kuzatilgan bo’lib, 2017 yil bilan hisoblaganda 10% o’sish qayd qilingan.
2018 yilda har bir abonent 4 ming so’m oylik abonent to’lashini hisobga olganda bu o’sish haqqoniy ekanligini ta’kidlash kerak, chunki bu holatda simkartalarning soni emas, balki abonent to’lovi hisobi bilan o’sishga ta’sir qilgan raqamlar qayd qilingan.
Eslatib o’tish kerakki, O’zbekistonga uyali aloqa kompaniyasi 1991 yilning avgust oyida kirib kelgan bo’lib, bu nafaqat O’zbekiston tarixida balki Markaziy Osiyoda birinchi tashkil qilingan uyali aloqa kompaniyasi bo’lgan.
O’zbekistonda birinchi bo’lib uyali aloqadan foydalangan shaxs sifatida yurtimizdagi mobil aloqa tarixiga Islom Karimov nomini kiritish mumkin.
Chunki, 1992 yilning avgust oyida O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mobil aloqadan foydalangan.
Hozirda Islom Karimov foydalangan mobil apparati Aloqa muzeyidan joy egallagan.
2005 yilning noyabr oyida O’zbekistonda 1 million abonent ro’yxatga olingan bo’lsa, 2007 yilning noyabr oyida ularning soni 5 millionga yetgan.
2008 yilning sentyabr oyida esa O’zbekistonda mobil aloqadan foydalanidiganlarning soni 10 millionga yetgan.
Ayni vaqtda, uyali aloqadan foydalanuvchilar uchun mamlakat bo’ylab 5 ta uyali aloqa kompaniyalarining 22 ming 178 ta mobil aloqa stansiyalari faoliyat ko’rsatmoqda.