* * *
— Nega haliyam uylanmading?
— Arzirli qiz topolmayapman. Topganim onamga yoqmaydi.
— Unda onangga o’xshaganini top, muammo bo’lmaydi!
— Topgandim, otamdan baloga qoldim.
* * *
Ayol hayvonot bog’ida yurib tuyaqushlar bilan qiziqib qoldi va bog’ xodimidan so’radi:
— Ayting-chi, tuyaqush ham pat tashlaydimi?
— Ha, yerda yuz dollar yotganini ko’rsa, shu zahoti pat tashlavoradi.
* * *
— Og’ayni, bolalikdagi orzularingning birontasi ushaldimi?
— Ha, bittasi ushaldi.
— Qaysisi?
— Bolaligimda otam sochlarimdan tortib kaltaklasa, doimo kal bo’lib qolishni orzulardim.
* * *
Ona besh nafar farzandi bilan markaziy do’konlardan birining liftiga kirdi-da, kuzatuvchiga dedi:
— Bolalar bo’limiga!
Shunda bolalardan biri dedi:
— Oyi, sizga besh farzand kamlik qilyaptimi?
* * *
Pingvin bolasi barga kirib sotuvchidan so’radi:
— Dadamni ko’rmadingizmi?
— Yo’q, ko’rinishi qanaqaydi?
* * *
— Menga qara, bizning eng faol yo’l patrul xizmati xodimimiz qani?
— Ishda yonib ketibdi?
— Qanaqasiga?
— Ajdarning mashinasini to’xtatib, ichgan-ichmaganini tekshirish uchun puflatgan ekan.
* * *
Sichqon iniga hammayog’i tirnalgan holda kirib keldi-da, qarindoshlariga dedi:
— Qora mushukning baxtsizlik keltirishiga mana endi ishondim.
* * *
Jinni uyali telefonlar saloniga kelib dedi:
— Kechagina sizlardan telefon sotib olgandim. Ishlamayapti.
— Nega ishlamaydi? Biz shu yerning o’zida tekshirib bergandik-ku!
— Mana, qaranglar, men o’z raqamimga qo’ng’iroq qilsam, doim band ko’rsatyapti.
* * *
Bir bolakay tijorat qilmoqchi bo’ldi va har kuni onasiga somsa pishirtirib bozorda sota boshladi. Bir erkak har kuni kelardi-da, besh yuz so’m berardi, lekin somsa olmasdi. Nihoyat kunlarning birida erkak bolakaydan so’radi:
— Sen pul berib nega somsa olmayotganimga hayron bo’lgandirsan-a?
— Yo’q, hayron bo’lganim yo’q. Lekin aytib qo’yishim kerak, somsa bugundan boshlab ming so’mdan sotilyapti.
* * *
Erkaklarga foydali maslahat:
— Agar xotiningiz yomon kayfiyatda uxlab, yaxshi kayfiyatda uyg’onsa, tushida kimni ko’rganini surishtiring!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit