1. Delfinlar xuddi odamlar kabi o’pkasi yordamida nafas oladi, yuragi bizniki kabi to’rt kamerali va miyamiz ham bir xil. Delfinning ham bo’yi odamlardagi kabi 1, 5-2 metrgacha yetadi.
2. Odamning yuragi o’z shaxsiy elektr tokiga ega. Shuning yordamida u tanadan tashqarida ham sira qiynalmasdan ura oladi. Faqat kislorod yetarli bo’lsa bas.
3. Qor parchasining 95 foizi havodan iborat. Shu sababli yerga juda sekin, soatiga 0. 9 km tezlikda tushadi.
4. Marsda bir kecha-kunduz 24 soat, 39 daqiqa, 35, 244 soniyaga teng. Bu xususiyati bilan ham yerga juda yaqin va o’xshash.
5. Quyoshdan ajralib chiqadigan energiyaning 19 foizini atmosfera yutib yuboradi, 47 foizi yergacha tushadi, 34 foizi esa yana fazoga qaytadi.
6. Qulupnayning eng yirik ko’rinishiga 1983 yili Amerikaning Kent shtatiga qarashli Rolkston shahrida duch kelishgan. Qulupnayning vazni 231 grammni tashkil etgan. Ammo mazasi nordon edi.
7. Islandiya Yevropadagi striptiz qonun yo’li bilan taqiqlangan yagona davlat hisoblanadi. Bu mamlakatda striptizni taqiqlash haqidagi qonun 2010 yil 1 iyulida kuchga kirgan.
8. O’rta yer dengizi dunyodagi eng kir, ifloslangan dengiz sifatida e’tirof etiladi. Dengizning har bir kub metr suvida turli chiqindilarning 39 ta ko’rinishi mavjud, har bir litr suvi tarkibida 10 gramm neft mahsuloti bor. Dengiz ostidagi har bir kvadrat kilometrda 199 ta turli buyumlar qoldiqlari qalashib yotadi.
9. 1789 yili shotlandiyalik olim va muhandis Jeyms Uatt ilk bor «ot kuchi» terminini o’ylab topgan. U termin yordamida o’zi yaratgan par mashinalari nechta ot o’rnini bosa olishini keng ommaga namoyish etgan.
10. 1849 yili Kaliforniyada yashovchilar orasida oltin jazavasi kuchaygandan kuchaygan. Buning natijasida bir kilo un narxi 70 dollar, bir stakan suv 100 dollargacha ko’tarilib ketgan.
factopedia. ru
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit