O'zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o'rtasidagi bitim muddati uzaytiriladi

O’zbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova va Fransiya huquq himoyachisi o’rinbosari, mediatsiya bo’yicha bosh delegat Daniel Agasinski o’rtasida onlayn-uchrashuv takil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

Qayd etilishicha, uloqot avvalida fransuz tomoniga fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, Oliy Majlisining inson huquqlari bo’yicha vakili — ombudsman faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Shu bilan birga Fransiyaning Inson huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi vakolatli organlarining tajribasini o’rganish, ular bilan hamkorlikni mustahkamlash, Fransiya huquq himoyachisi instituti tajribasini o’rganish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. Jumladan, 2008 yilning iyunida O’zbekiston va Fransiya ombudsmanlari o’rtasida Hamkorlik to’g’risida bitimni amal qilish muddati tugagani sababli bitimni yangilash taklifi ilgari surilgan.

O’z navbatida hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirgani. Uchrashuv yakunida yaqin kunlarda ikki davlat ombudsmanlari o’rtasida navbatdagi uchrashuvni o’tkazish to’g’risida kelishib olingan.