Kanadalik Jozefina Mixaylyuk 22 yoshidan donorlik qilishni boshlagan. Uning qon guruhi birinchi va ushbu guruhdagi qonga odatda talab yuqori.
U butun umri davomida jami 96 litr qon topshirib, Ginness rekordlari kitobiga kirdi.
Ayolning aytishicha, umrining so’nggi kunlariga qadar donorlik qilmoqchi.
❗️Donorlik qoni saraton kasalligini davolashda, organ ko’chirishda va jarohat tufayli ko’p qon yo’qotgan odamlarga yordam berish uchun ishlatiladi.
Izohlarni ko`rish