O'ta xavfli: banan bilan nimani yeb bo'lmaydi?

Tarkibida ko’plab foydali moddalar bo’lgan banan juda qimmatli ozuqa hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ushbu mikroelementlarni ayrim oziq ovqat mahsulotlari bilan qo’shilishi organizmga jiddiy ziyon yetkazarkan.

Masalan, bananni Xitoyning Shinjon-Uyg’ur viloyatida yetishtiriladigan dunyoga mashhur Xami qovuni bilan birga iste’mol qilib bo’lmaydi. Bunday holatda qon tarkibida kaliy ioni miqdori me’yoridan ortib ketadi. Natijada yurak mushaklari kuchsizlanadi, jigar faoliyati sustlashadi, bo’g’inlarga shikast yetadi va yurak urishi qisqaradi.

«Bu organizmga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatadi, ayrim hollarda o’limga olib kelishi ham mumkin», — deydi tadqiqot mualliflari.

Kimda taloq va oshqozon faoliyati me’yori buzilgan bo’lsa, yaxshisi banan bilan qatiq yoki suzmani aralashtirmagani ma’qul. Aks holda qorinda og’riq turishi, diareya bezovta qilishi va oshqozon-ichak tizimida muammolar paydo bo’lishi tayin.

Banan va shirin kartoshkani bir vaqtda tanovul qilish ham yaxshilikka olib kelmas ekan. Bu sun’iy yegulik tarkibida bisyor sellyuloza hazm jarayonini sezilarli ravishda qiyinlashtiradi. Natija – qorinda dam hosil bo’ladi.

«Ushbu mahsulotlar birga iste’mol qilinganda ozuqa uzoq muddat oshqozon-ichak tizimida ushlanib qoladi. Oqibatda kislota reflyuksi va boshqa noqulay belgilar yuzaga chiqadi, ba’zi hollarda surunkali sarxushlik kelib chiqishi ham mumkin», — deb yozadi Xitoy portali.

Agar, yuqorida sanab o’tilgan oziq-ovqat mahsulotlarini banan bilan qo’shib yeyishni judayam xohlasangiz, hech bo’lmaganda 30 daqiqalik oraliq vaqtga rioya qilishingiz kerak.

Tadqiqot mualliflari qayd etishicha, och qoringa banan iste’mol qilish yaramaydi, shuningdek ushbu mevani xom holda yeyishdan ham saqlanish lozim. Bananlarni sovutgichda asrash tavsiya etilmaydi.

«Sovutgichdagi past daraja mevaning po’stlog’i qorayishiga, ichki tanasi yumshab qolishiga olib keladi. Natijada banan ta’mini va foydali, qimmatli xususiyatlarini yo’qotadi», — deya eslatib o’tiladi hisobotda.

O’zA

loading…