1. Otlar ajdodi sifatida fanda «Barilyabdu» degan jonivor tilga olinadi. Bo’yi ikki metrli bu ulkan jonivor o’n million yillar oldin yashagan. U ham faqat o’simliklar bilan oziqlangan.
2. Otlarni birinchi bo’lib osiyoliklar eramizdan besh ming yil oldin qo’lga o’rgatgan.
3. Ot qorda ham, yomg’ir-bo’ron-to’fonda, zulmatda ham o’zi yashaydigan manzilni bexato topib bora oladi.
4. U qizil va ko’k rangni bir-biridan ajrata olmaydi.
5. Ot odamga do’st tutinishda va sadoqatda tengsiz jonivordir. Masalan, Aleksandr Makedonskiy o’zining «Busefalu» laqabli otidan to’qqizta hayot qarz bo’lgan. Ya’ni, oti uni to’qqiz marta o’limdan saqlab qolgan. Kunlarning birida ot halok bo’lgach, o’sha yerda butun boshli shahar bunyod ettirgan. Shaharni otining yorqin xotirasiga «Busefalu» deb nomlagan.
6. Ot intellekt jihatidan ham boshqa jonivorlarni ortda qoldiradi. Masalan, Chingizxon qo’mondonlaridan biri navbatdagi bosqinga ketishdan oldin otiga rejalarini to’kib solgan. Ot uning rejalarini to’ldirgan holda jangda to’g’ri taktika tanlash qanday bo’lishini amalda ko’rsatib bergan.
7. Otning ko’zlari 360 darajali radiusga ega. Shuning evaziga ot burilmay turib orqadagi hodisalar va xavfni ko’ra oladi.
8. Ot sovitish degan gap bor. Bu bekorga emas. Otni sovitgan mahalingiz jonivor o’ziga yangi kuch yig’adi. Bundan tashqari, kayfiyati ko’tariladi.
9. Otni ranjitsangiz, u orqa tuyog’i bilan bir marta zarba beradi. Bu zarba odam til tortmay o’lishi uchun yetarli bo’ladi.
10. Agar fildek ulkan jonzot sichqondan qo’rqsa, otlarning ham bu masalada zaif jihati yo’q emas. Ular asalaridan qo’rqishadi. Ot 30-40 marotaba asalari chaqishi tufayli o’lim topadi.
11. Qadimiy Mordoviyada ayollar ot minishdan oldin qo’sh yubka kiyib olishi talab etilgan. Chunki ayol tanasi ot tanasiga tegib turishi jonivorga nisbatan haqorat hisoblangan.
12. Qadimiy Rim imperatori Kaligula o’zining «Institat» laqabli otini shu darajada sevardiki, uni senator lavozimiga tayinladi. Bu ishidan ensasi qotgan muxolifatchi kuchlar esa imperatorga xanjar bilan hujum qilishdi. Xanjar Kaligulaning naq yuragiga borib sanchildi va u olamdan o’tdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
OMG