* * *
— Dugonajon, Mehriga ishonib sir aytsa bo’larmikan?
— Ha. Uch yil oldin unga bobosidan katta miqdorda pul meros qolgan. Haliyam bu haqda eri bilmaydi.
* * *
Ayol erkakka dedi:
— Siz mening uchinchi erimga juda o’xshab ketarkansiz?
— Erlaringiz o’zi nechta edi?
— Hozircha ikkita.
* * *
Tovoq singan. Ona:
— Qani, kim sindirgan bo’lsa, bo’yniga olsin-chi!
Qiz:
— Bo’ynimga olaman, akam sindirdi.
* * *
Bolakay xonada stol tortmalarini sug’urib olib, ichidagilarni polga ag’daryapti. Shovqin-suronni eshitgan ona yugurib kirib, so’radi:
— Nima qilyapsan?
— Dadamning o’yinini o’ynayapman.
— Qanaqa o’yin?
— «Yaramas, mashinaning kaliti qaerda?» degan o’yinni.
* * *
To’rt yashar qizaloq dugonasiga maqtanyapti:
— Men katta bo’lsam, oyim menga ko’-o’p pul beradi. Ana shunda o’zimga qo’g’irchoqning zo’rini sotib olaman.
* * *
Ona qo’shnisiga maqtanyapti:
— Bilasizmi, qizim Hilolaxon atigi olti yoshga to’lgan bo’lsayam ingliz tilini, algebrani o’rganyapti. Qizim, algebrachasiga «Salom» so’zini aytib ber!
* * *
Bomj do’stinikiga mehmonga bordi. Ko’rdiki, do’sti dasturxonga bir bo’lak pishloq qo’ydi.
— Pishloqni qaerdan olding?
— Bu pishloqni bepul qo’lga kiritdim.
— Quloqqa lag’mon osma! Bunaqa pishloqlar faqat sichqon ovlaydigan qopqongagina qo’yiladi.
— To’ppa-to’g’ri, menam xuddi o’sha qopqondan oldim.
* * *
— Bolalar, nega yig’layapsizlar? Qaranglar, men sizlarga judayam mazali tort olib keldim!
— Qorbobojon, bu palatada faqat qand kasali bilan og’riganlar yotadi.
* * *
Ona o’g’lini urishyapti:
— Nega yangi o’yinchog’ingni qo’shnilarga ko’z-ko’z qilmaysan? Bekorga senga yangi o’yinchoq olib beribmanmi?!
* * *
— Bolalar, sizlarga nima bo’ldi? Nega qovoqlaringni osiltirib o’tiribsizlar?
— Biz «katta odam-katta odam» o’ynayapmiz.
Olimjon HAYIT tayyorladi