Osmondan tushgan xazina! Braziliyada meteoritlar yomg'iri mahalliy aholini boy qilib yubordi

Braziliyadagi shaharlardan biriga qimmatbaho meteorit parchasi tushib, mahalliy fuqarolarni boyitib yubordi va minglab turist hamda tadqiqotchilarni o’ziga jalb etdi, deb xabar berdi «Daryo.uz» «LADbible» ma’lumotiga asoslanib.

19 avgust kuni Santa-Filomena shahriga meteoritlar yomg’iri yoqqan. 4,6 milliard yoshli kosmik parchalar dastlab osmonni to’ldirgan, shundan so’ng yerga qulagan.

Olimlarning ma’lum qilishicha, yerga tushgan meteorit parchalari qadimiy minerallardan iborat bo’lib, juda qimmat turadi. Bundan xabar topgan shahar aholisi meteorit parchalarini yig’ishga tushib ketgan. Ulardan eng yirigi 40 kilogrammni tashkil etadi va tadqiqotchilar uni 27 ming dollarga sotib olishga tayyor.

Butun dunyodagi tadqiqotchilar va kolleksiyachilar Santa-Filomenaga noyob kosmik ob’yektni o’rganish va ularni yig’ish uchun tashrif buyurmoqda. Millionerlar noyob mineral bo’laklarini ommaviy ravishda xarid qilishga tushgan.

Ayrimlarning fikricha, hukumat meteorit parchalarining mamlakat hududidan olib chiqilishiga yo’l qo’ymasligi kerak. Ta’kidlanishicha, bu ularga ilmiy tadqiqot o’tkazish va turistlarni jalb etishga imkon beradi.

Osmondan tushgan xazina! Braziliyada meteoritlar yomg'iri mahalliy aholini boy qilib yubordi
loading…