Tarixdagi Volida Sulton «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramoniga qay darajada o'xshaydi (FOTO)

«Muhtasham yuz yil» serialidagi Sulton Sulaymon I  ning hukmronligi davri haqida real faktlarga asoslangan serial hisoblanadi. Serialda Buyuk hukmdorning oilasi, uning sevimli ayollari va Usmonli sulolasiga merosxo’rlarning fitnalari haqida bilib olamiz. Lekin ketma-ket real voqealarga asoslangan bo’lishiga qaramay, serial haqiqiy tarixiy shaxslar bilan  juda ko’p farqlarga ega.

Ushbu maqolada tarixiy hukmdor Sulton Sulaymon I  ning onasi Oisha Xafsa Sulton va   «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramon  hamda oralaridagi farqlari haqida ma’lumot beramiz.

Oisha Xafsa Sulton real hayoda qanday bo’lgan?

Hafsa Sultonning qaerda tug’ilganligi va millati, nasl-nasabi bo’yicha kim bo’lganligi haqida aniq tarixiy ma’lumotlar yo’q. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Qrim xoni Mengli I Gerayning qizi deb taxmin qilingan (Oisha ismi Usmoniylar imperiyasiga borganda berilgan). Ammo Sulaymoning tavalludi va Xafsaning turmushga chiqishi orasidagi tafovutlar kattaligi sababli bu taxminlar o’zini oqlamagan va buyuk Sultoning onasi qachon, qaerda tavallud topganligi bo’yicha aniq ma’lumotlar topilmagan.

Shuningdek, tarixchilarning ma’lumot berishicha, saroy bekasiga Hafsa Sulton yemas, balki Hafsa xotun deb murojaat qilishgan. Xususan, Hafsa Sultonning davrida «Volida» degan unvon bo’lmagan, «xotun» degan unvon bo’lgan. Ammo filmda bu joyiga e’tibo berishmagan. Ya’ni serialda Xafsa xotunni  «volida» unvoni bilan atashgan. Bu esa o’sha davrga mos emas. «Volida» unvonining birinchi rasmiy egasi  Sulton Murod III ning onasi Nurbonu Sulton hisoblanadi. Buni tarixchilar isbotlagan. Ya’ni tarixiy manbalarda qayd etilgan.

Tarixdagi Volida Sulton «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramoniga qay darajada o'xshaydi (FOTO)

Serialda Volida Sulton kuchli, olijanob sifatida ko’rsatiladi. U o’z zurriyotlarini har tomonlama turli musibatlardan himoya qilishga intilgan. Boshqa qahramonlardan farqli o’laroq, u Sulaymonning sevgisi va e’tibori uchun kurashishi shart yemas edi. Sababi turk xalqi an’analariga ko’ra, ota-onaga muhabbat so’zsiz, demak, hukmdor boshqa ayolni onasidan ustun qo’ya olmagan!

Biroq, oradan bir qancha vaqt o’tgach, Meryam Uzerli tomonidan ijro yetilgan kanizak Xurram Sulton Sultonning ishonchini qozonishga muvaffaq bo’ladi va Volida sulton bilan o’rtasida jiddiy raqobat paydo bo’ladi. Sulaymonning onasi Nebahat Chehrening rolida tasvirlagan ona va kelin «hayot-mamotuchun jang» qiladi.

Tarixdagi Volida Sulton «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramoniga qay darajada o'xshaydi (FOTO)

Haqiqatda, kelin va qaynona o’rtasida Sulaymon uchun urush bo’lib o’tgan. Hafsa qolgan umri davomida Hurram Sultonning Sulaymonga nisbatan  ta’sir o’tkazishining oldini olishga harakat qildi, ammo u o’z mavqeini suiste’mol qilmagan. Ayol saroyda faqat ma’muriy vazifani bajargan va haramdagi raqobatni bostirgan.

Tarixdagi Volida Sulton «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramoniga qay darajada o'xshaydi (FOTO)

Xulosa o’rnida aytish kerakki, «Muhtasham yuz yil» serialidagi Nebahat Chehraning obrazi haqiqiy Volida Sultonga o’xshaydi. U ham qalin quyuq sochlari, buyruq beruvchi va kuchli ko’rinishi va yumshoq, ammo teran nigohli qarash xususiyatlariga ega bo’lgan. Xafsa Sulton haqida qoldirilgan portretlar va turli san’at asrlari ham serialdagi qahramoniga tashqi ko’rinish jihatdan ancha yaqin bo’lganligiga ishora qiladi.

Tarixdagi Volida Sulton «Muhtasham yuz yil» serialidagi qahramoniga qay darajada o'xshaydi (FOTO)
loading…