Birmaning tog’li rayonlaridan birida padaunglar yashaydi. Ularning ayollari bo’yinlariga g’alati bezak taqishi bilan dunyodagi barcha ayollardan ajralib turadi. Padaung ayollari bo’yinlariga misdan halqalar taqib yuradi. Halqa yo’g’onligi 10 – 12 millimetr keladigan mis simdan yasaladi. Spiral tarzidagi halqa yelka bilan tomoqqa tiralib turadi, spiralning balandligi 25 – 35 santimetr keladi. Birinchi halqa qiz bola 7 – 8 yoshga kirgach taqiladi. Birinchi halqani taqish katta tantana bilan o’tkaziladi. Halqa uxlaganda ham olinmaydi. Halqa tufayli bo’yin umurtqalari orasi kengayib, bo’yin uzayadi. Bo’yin uzaygan sari halqalar soni ham ko’payib boradi. Halqasi juda ko’p, bo’yni nihoyatda uzun ayol – sohibjamol hisoblanadi. Yoshligidan bo’yniga halqa taqib bo’yni uzaygan ayollar halqalarsiz bo’yinlarini tutib turolmaydigan bo’lib qoladilar, ya’ni halqalar olib tashlansa bo’yin boshning og’irligini ko’tarolmaydi. Og’ir gunoh qilgan ayollarga beriladigan eng qattiq jazo bo’ynidagi halqalami olib tashlashdan iborat. Eriga xiyonat qilgan ayolning bo’ynidan halqalari olib tashlanadi.