Olimlar chet tilini uyquda o'rganish mumkinligini aniqlashdi

Shveysariyalik tadqiqotchilar chuqur uyqu paytida miya yangi xorijiy so’zlarni va ularning tarjimasini samarali eslab qolishga qodirligini aniqlashdi.

 

Tajribada 30 kishi quloqchin bilan uxlagan: ularga 27 juft xorijiy so’zlar va ularning tarjimasini eshittirishgan (so’zlar 4 marta takrorlangan). Tajribaning haqqoniyligi uchun xato tarjima eshittirilgan.

 

12 va 36 soatdan so’ng ishtirokchilar testdan o’tishdi. Tajribadan 12 soat o’tgach tarjimadagi so’zlarni to’gri topish foizi 37%, 36 soatdan keyin esa – 41% to’gri javoblar berilgan.