Threads O'zbekistonda eng ko'p yuklangan ilovaga aylandi

«Facebook va Instagramʼga egalik qiluvchi Amerikaning Meta kompaniyasi tomonidan Twitterʼga asosiy raqobatchi sifatida ishga tushirilgan Threads matnli xizmati data.ai tahliliy platformasi ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistondagi App Storeʼda eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi.

Statistikaga qaraganda Threads ijtimoiy tarmog’i o’zbekistonlik App Store foydalanuvchilari orasida Telegram, Instagram va boshqa bir qator ilovalarni yuklab olishlar soni bo’yicha ortda qoldirgan. Meta direktori Mark Sukerbergning aytishicha, Threads foydalanuvchilar orasida tez mashhurlikka erishmoqda.»