Olimlar Arktikada 2035 yilgacha barcha muz erib ketishi mumkinligini aytishmoqda

Olimlarni bunday xulosaga Artikaning oxirgi muzlik davrlariaro iliq davrdagi holatini o’rganishlari olib keldi. Bu haqda Nature Climate Change nashrida ma’lum qilindi.

“Biz bilamizki, Arktika global isish ta’sirida kuchli o’zgarmoqda. U bilan Yer tarixidagi oxirgi iliq davrda nima yuz berganini o’rganib, yaqin kelajakda nima yuz berishi mumkinligini yaxshiroq tushuna boshladik. 2035 yilga kelib Arktika muz qoplamisiz qolishi mumkinligi insoniyatni global isishga qarshi faolroq kurashishga undashi kerak”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri, Britaniya antarktik xizmati xodimi Luiza Saym.

Dunyo iqlimshunoslarining deyarli barchasi global isish mavjudligi hamda sayyoramizda harorat o’sishi 1,5 daraja atrofida ushlay olinmasa, u Yer shari qiyofasini tubdan o’zgartirib yuborishiga shubha qilmaydilar. Bundan sayyoramiz iqlimi kompyuter modellari va turli iqlim sun’iy yo’ldoshlari hamda meteorologik stansiyalardan olinayotgan ma’lumotlar darak bermoqda.

Bu jarayonning birinchi va bosh qurbonlari Yer sharining qutborti hududlari va tog’ muzliklari bo’lishi mumkin. Bu hududlarda harorat hozirdayoq o’tgan yuz yillikdagiga nisbatan 4-9 daraja issiq bo’lmoqda. Natijada bu muzliklar maydoni qisqarishiga olib kelishi, buning natijasida Antarktika va Arktikaning qatta qismi muzdan mahrum bo’lishi mumkin.

Olimlar Artikaning qiyofasi 125 ming yil avval – Mikulin muzlik davrlariaro iliq davrida qanday o’zgarganini tahlil qilib, yuqorida keltirilgan jarayon olimlar kutayotgandan tezroq kechishi haqidagi xulosa kelishdi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, bunday jarayonlar Yerda 2035 yildayoq boshlanishi mumkin. Bu vaqtda Arktikadagi harorat ko’rsatkichlari Mikulin muzlik davrlariaro davri boshidagi ko’rsatkichlarga xos bo’ladi. Shu tariqa, qutb muz qalpog’i avvalgi iqlim modellari ko’rsatgandan ko’ra deyarli yarim asr erta yo’qolishi mumkin.

Olimlar ularning yangi prognozi amaldorlar e’tiborini tortishiga va ularni issiqxona gazlari hajmini kamaytirish bo’yicha yangi choralarni amalga oshirish ustida faolroq ishlashga majbur qilishiga umid qilishmoqda. Bu Arktika isishini sekinlashtirishi va insoniyatga qutb muz qalpog’i yo’qolgandan keyin iqlimning tubdan o’zgarishiga tayyor turishga vaqt beradi.

Olimlar Arktikada 2035 yilgacha barcha muz erib ketishi mumkinligini aytishmoqda
loading…