Bir ayol turmushga chiqishni ixtiyor etdi. Biroq u nikoh ko’ylagini tiktirish uchun juda g’aroyib gazlama tanladi. O’lgan onasining sochlari. Faqat unga bu ko’ylakni tikib berishga rozi bo’ladigan tikuvchi hali topilgani yo’q. Lekin shunaqasi chiqsa, ayol unga 15 ming funt to’lashga rozi.

Angliyaning Bristol shaharchasida istiqomat qiladigan 61 yoshli ayolning tanlovi ko’pchilikni qiziqtirib qo’ydi. Ko’ylak eskizi va o’lchamlari maxsus saytga joylashtirilganiga qaramasdan hali hech kim yurak yutib uni tikishga rozilik bera olmadi.

Bo’lajak kelinchakning so’zlariga ko’ra, uning onasi 1953 yilda turmushga chiqqan. 2014 yilda onasi qattiq kasal bo’lganida u sochlarini kesib olgan ekan. Ayol onasi o’lgan kunini 2019 yil avgust oyida to’y ko’ylagida nishonlamoqchi.

Ozoda HALIMOVA